Rasullarga iymon
Barcha Hamd Allohgadir! Biz u Zotga hamd aytamiz, Undan madad tilaymiz, istig'forlar so'raymiz! Nafslarimizning va amallarimizning yomonligidan panoh berishini o'tinamiz.Zero Alloh hidoyatga boshlagan insonni hech kim yo'ldan adashtira olmas va U adashtirgan kimsani endi hech kim hidoyatga yetaklay olmaydi. Allohdan o'zga ibodatga loyiq iloh yo'qligiga guvohlik beramizki U yolg'iz va sheriksiz Zotdir. Yana guvohlik beramizki Muhammad(sallallahu 'alayhi va sallam) Uning bandasi va rasulidir. U zotga, ahli-oilalariga, ashoblariga va ularga go'zal amallar bilan qiyomatga qadar ergashgan barcha mo'minlarga Allohning ko'pdan-ko'p saloti-salomi bo'lsin.
Amma ba'd (bundan so'ngra)
Biz Alloh ta`olo o`z maxluqlariga elchilarni yuborgan ekaniga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: "(Alloh ta`olo) payg`ambarlarni yuborganidan so`ng, odamlar uchun Allohning ziyoniga hujjat bo`lmasin uchun jannatdan xushxabarchi va jahannamdan ogohlantiruvchi qilib e`lchilarni yubordi. Alloh aziz va hakim zotdir" (Niso: 165).
Biz payg`ambarlarning avvali Nuh va oxiri Muhammad sollalohu alayhima va sallam e`kaniga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi; "Biz sizga Nuh va undan keyingi payg`ambarlarga vahiy qilgandek, vahiy qildik" (Niso: 163);
"Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) Sizlarning e`r kishilaringizning otasi e`mas. Balki, U Allohning e`lchisi va payg`ambarlarning so`nggisidir" (Ahzob: 40).
Biz payg`ambarlarning eng afzali Muhammad sallallahu a’layhi va sallam, so`ngra Ibrohiym, so`ngra Muso, so`ngra Iyso alayhimussalatu vassalam ekaniga iymon keltiramiz.Ularning barchasi ushbu oyatda zikr qilingan: "Biz payg`ambarlardan: Sizdan, Nuh, Ibrohiym, Muso va Iyso ibn Mar`yamdan ahdlarini oldik. Biz ulardan qattiq ahdlarni oldik" (Ahzob: 7).
Biz: " Muhammad sollalohu alayhi va sallam olib kelgan shariat quyidagi oyatda zikr qilingan payg`ambarlarning olib kelgan shariatlarida bor bo`lgan barcha fazilatlarni o`z ichiga oladi"- deb e`tiqod qilamiz. Alloh ta`olo dedi: "(Alloh ta`olo) sizlarga Nuhga, Sizga vahiy qilganimiz, Ibrohiym, Muso va Iysoga vasiyat qilganimiz: "Dinni barpo qilinglar va dinda tarqoq bo`lmanglar!"- deb shariat qildi" (Shuro: 13).
Biz barcha payg`ambarlar yaratilganyaralmish bo`lib, ularda bironta ham rububiyat xususiyati yo`q e`kaniga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo rasullarning birinchisi Nuh alayhissolatu vassalom haqida shunday dedi: "(Nuh): "Men sizlarga: "Allohning xazinalari mening mening huzurimda, men farishtaman"- deb aytmayman. Men g`ayb ishlarini bilmayman"- (dedi)" (Hud: 31).
"Men, hatto, o`zim uchun foyda va zararkeltirishga qodir e`masman. Faqatgina, Alloh hohlasagina keltira olaman" (A`rof: 188);
"Ayting: "Men sizlar uchun zarar berish yoki sizlarni to`g`ri yo`lga solishga e`ga e`masman" (Jin: 21).
Biz payg`ambarlarning banda e`kanliklari, biroq,Alloh ta`olo ularni payg`ambarlik bilan mukarram qilgani va ularni bandalikning e`ng e`ng oliy maqomi va maqtovlar bilan sifatlagan e`kaniga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo ularning e`ng birinchilari Nuh alayhissolatu vassalom haqida: "Hoy biz kemada Nuh bilan birga qutqargan kishilarning zurriyotlari, Sizlar ham Nuh olib kelgan yo`lga e`rgashinglar! Chunki, Nih shukr qiluvchi bandalardan e`di" (Isro`: 3) - deb, so`ngra payg`ambarlarning e`ng oxirgisi Muhannad sollalohu alayhi va sallam haqida: "Barcha olamlarga ogohlantiruvchi bo`lishi uchun o`z bandasiga Qur`onni indirgan zot buyuk bo`ldi" (Furqon: 1) der e`kan, boshqa payg`ambarlar haqida shynday dedi: "Siz bizning qudrat va ong e`galari bo`lgan bandalarimiz: Ibrohiym, Ishoq va Ya`qublarni e`slang" (Sod: 45);
"Siz, bizning bandamiz, qudrat sohibi Dovudni e`slang. U obid e`di" (Sod: 17).
"Va biz Dovudga Sulaymonni ato e`tdik. U qandayam yaxshi banda va obid e`di" (Sod: 30).
Alloh ta`olo Iyso alayhissolatu vassalom haqida: "U biz in`om e`tgan va Isroil o`g`illariga namuna qilgan bir bahda, xolos" (Zuxruf: 59).
Biz Alloh ta`olo Muhammad sollalohu alayhi va sallamning payg`ambarligi bilan payg`ambarlikni tugatgani va Uni butun bashariyat uchun yuborgan e`kaniga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: "Ayting: "Hoy odamlar men samovot va yerning mulki qo`lida bo`lgan, tiriltiruvchi va o`ldiruvchi, o`zidan boshqa iloh bo`lmagan Allohning barchangiz uchun yuborilgan e`lchisiman. Bas, sizlar Allohga, uning Allohga va uning so`zlariga iymon keltirgan e`lchisiga iymon keltiringlar! Unga e`rgashinglar, shoyad hidoyat toparsizlar" (A`rof: 158).
Biz rasululloh sollalohu alayhi va sallam olib kelgan shariat, Alloh ta`olo bandalari uchun rozi bo`lgan va ulardan undan boshqasini qabul qilmaydigan Islom dini e`kaniga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: "Allohning huzuridagi din - Islomdir" (Oli Imron: 19);
"Bugun men sizlarga diningizni komil, ne`matlarimni to`la qildim va Islomni din deb ixtiyor e`tdim" (Moida: 3);
"Islomdan boshqa (narsani) din deb izlagan kishidan bu izlagan narsasi qabul qilinmas. Va u oxiratda ziyonkorlardandir" (Oli Imron: 85).
Biz: "Bugun Islom dinidan boshqa Alloh ta`olo huzurida maqbul bo`lgan yahudiy, masihiy va boshqa dinlar bo`lishi mumkin, deb o`ylagan kishi kofir bo`lib, undan tavba qilishi talab qilinadi. Agar tavba qilsa yaxshi, bo`lmasa Qur`onni rad e`tgani uchun uchun martad bo`lib, qayl qilinadi"- deb aytamiz.
Biz: "Muhammad sollalohu alayhi va sallamning payg`ambarligi barcha insoniyat uchun e`kaniga kofir bo`lgan kishi barcha payg`ambarlarga, shu jumladan, o`zi iymon keltirib, e`rgashayotgan payg`ambariga ham kofir bo`libdi"- deb aytamiz. Alloh ta`olo dedi: "Nuhning xalqi payg`ambarlarni rad e`tdi" (Shuaro: 105).
Alloh ta`olo Nuh alayhissolatu vassalomdan avval biron bir payg`ambar o`tmagan bo`lsada, ularni barcha payg`ambarlarni rad e`tgan deb hisobladi. Alloh ta`olo dedi: "Alloh va uning payg`ambarlariga kofir bo`lgan, Alloh va uning payg`ambarlari o`rtasini ajratmoqchi bo`lgan hamda "Biz ularning ba`zilariga iymon keltirib, ba`zilariga kofir bo`lamiz"- deb, kufr va iymon o`rtasida bir (yangi) yo`l qilmoqchi bo`lgan kimsalar, o`shalargina haqiqiy kofirlardir. Biz ularga xo`rlovchi azobni tayyorlab qo`ydik" (Niso: 150, 151).
Biz: "Muhammad sollalohu alayhi va sallamdan so`ng payg`ambar bo`lmasligiga, undan so`ng payg`mbarlikni da`vo qilgan yoki payg`ambarlikni da`vo qilgan kishini tasdiqlagan odam kofirdir. Chunki, u Allohni, uning rasuli va musulmonlar ijmo`sini rad e`tgan bo`ladi"- deb iymon keltiramiz.
Biz: "Muhammad sollallohu alayhi va sallamning ummati ichida payg`ambarimizdan ilm, da`vat va musulmonlar ustidan etakchi bo`lib qolgan xalifalari bor. Ularning afzallari Abu Bakr Siddiq, keyingisi Umar ibn Xattob, keyingisi Usmon ibn Affon, keyingisi Aliy ibn Abu Tolibdir (Alloh ularning barchasidan rozi bo`lsin).Ular xalifa bo`lib qoldilar. etuk hikmat sohibi bo`lgan Alloh ta`olo e`ng yaxshi asr uchun ulardan ko`ra yaxshiroq va xalifalikka loyiqroq bo`lgan boshqa kishilar bo`lsa e`di, ularni tanlab olmagan bo`lar e`di"- deb iymon keltiramiz.
Biz: "Xalifalar bir-birlaridan ba`zi xususiyatlarda ustun bo`lsalarda, ustun bo`lganlari mutlaq fazlga e`ga e`masdir. Chunki, mutlaq fazl Alloh ta`ologagina xos bo`lib, uning sabablari ko`p"- deb iymon keltiramiz.
Biz: "Bu Ummat ummatlarning e`ng xayrlisi va Alloh ta`olo huzuridagi e`ng mukarramidir"- deb iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: "Sizlar osamlar uchun chiqarilgan yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaradigan va Allohga iymon keltirgan ummat bo`ldingiz" (Oli Imron: 110).
Biz: "Bu Ummatning ichidagi e`ng yaxshi kishilar sahobalar, tobiinlar va tobiinlarga e`rgashgan kishilardir. Bu ummat ichida bir toifa haqiqat uzra qoladi. Ularni Allohning amri kelguniga qadar yordamsiz tashlab qo`ygan yoki ularga muxolif bo`lgan kishilar ularga zarar bera olmaydilar"- deb iymon keltiramiz.
Biz: "Sahobalar o`rtasida bo`lib o`tgan fitnalar ularning ijtihodlardagi ta`villari sababli bo`lgan. Ularning qaysi biri to`g`ri ijtihod qilgan bo`lsa, unga bir ajr bo`ladi va uning gunohi kechiriladi"- deb e`tiqod qilamiz. Biz: "Ularning yomonliklaridan ko`z yumish, ularni maqtov va sharaf bilan tilga olish va qalblarimizni ularga bo`lgan gina-adovatlardan pok tutishimiz kerak"- deb aytamiz. Chunki, Alloh ta`olo bunday dedi: "Ichingizdagi Makka fathidan avval infoq va jihod qilgan kishilar(ga boshqa kishilar) teng kela olmas. Ularning Makka fathidan so`ng infoq va jihod qilgan kishilardan ko`ra maqomlari buyukdir. Alloh ularning barchasiga yaxshilikni va`da qildi" (Hadid: 10).
Alloh ta`olo biz (musulmonlar haqida) shunday dedi: "Ulardan so`ng kelgan avlodlar: "Robbimiz, bizlarni va bizlardan avval yashab o`tgan do`stlarimizning gunohlarini kechir! Bizlarning qalblarimizda mo`minlarga nisbatan gina-kudurat qo`yma! Robbimiz, sen rahmli va mehribon zotsan"- dedilar" (Hashr: 10).

